Duration 1:30:4

JINSIY ZAIFLIK UY SHAROYITIDA DAVOLASH

2 298 255 watched
0
75.5 K
Published 30 Aug 2020

Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar (ayollar uchun) Impotensiya hozirgi kundagi erektil disfunksiya (ED)— jinsiy aloqaga kirishish uchun erkakning ereksiya (qo‘zg‘alish) hosil qilolmasligi yoki jinsiy aloqani davom ettirish uchun kerakli qattiqlikni ta’minlay olmasligi. Jinsiy mayl (Libido) susayishi, urug‘ning tez to‘kilishi, jinsiy qoniqish bilan bog‘liq muammolar erektil disfunksiya xastaligiga aloqador emas. Ereksiyaning buzilishi asosan 2 katta guruhga bo‘linadi: psixologik va organik. Ba’zan ular aralash holda ham uchrashi mumkin. Birinchi holda ereksiyaning risoladagidek yuz bermasligiga erkak ruhiyatidagi zo‘riqish, stress, depressiya, qo‘rquv sabab bo‘lsa, Ikkinchi holda disfunksiya turli urologik, neyrogen, endokrin va qon-tomir kasalliklari ta’sirida rivojlanadi. Oddiy aniqlash usuli Oilalik erkak 3 oy davomida har ikki yaqinlikning birida omadsizlikka uchrayversa, albatta, uni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu erkaklarda ayni qirchillama yoshida kuzatilsa. Organik ED’ni boshlanish belgilari bo’lishi mumkin. Sabablar va tadbirlar To‘shakda qaytalanayotgan muvaffaqiyatsizlikka quyidagilar ham sabab bo‘ladi: 1. Erkaklarning haddan ortiq semirib ketishi natijasida teriostidagi yog‘ kletchatkasi ayollik gormonini ko’payib ketganligidan darak beradi, natijada ereksiya qiyinlashadi. Ayollarga maslahat: Eng birinchi ishingiz turmush o‘rtog‘ingizga parhez tuttirish bo‘lsin. Yaxshisi, bu oqsilga boy parhez bo‘lsin. Tovuq va baliq mahsulotlarini sabzavotlar bilan pishiring, tvorog yeyishini nazorat qiling. Undan tashqari turmush o‘rtog‘ingizni qonidagi qand va xolesterinni aniqlash uchun tahlil topshirishga, yurak va qon-tomirlarini tekshiruvga yuboring. Keng tarqalgan prostatit. Qishning sovuq kunlarida grip hastaligini oyoqda o’tkazishdan extiyot bo’lgan ma’qul, bu ham prostata bezining yallig’lanishiga olib kelishi mumkin. Maslahat: Bu mavzuda turmush o’rtog’ingizga doim yumshoqlik bilan muomala qiling. Agar yuqorida sanalgan muammolar kuzatilayotgan bo‘lsa, urolog-androlog shifokorga uchrashi zarurligini yotig‘i bilan tushuntiring. Impotensiya (lot. impotentia — kuchsiz, zaif), jinsiy zaiflik — erkakning jinsiy aloka qilishga bequvvatligi; raso jinsiy aloqa kila olmaslik. Bunda jinsiy funksiya — jinsiy mayl, ereksiya (jinsiy olat, yaʼni zakar tarangligi), eyakulyasiya (urugʻ otilishi) yoki orgazm (xush yoqish sezgisi) buzilishi mumkin. I.ning sabablari jinsiy aʼzolar, endokrin sistema, periferik nervlar va bosh miya oliy boʻlimlari funksiyasining buzilishi bilan bogʻliq. I. mustaqil kasallik boʻlmay, balki, odatda, azaldan mavjud kasallik asorati boʻlishi ham mumkin. I. bir necha xil boʻladi. Moyak istisqosi, jinsiy olat sohasida chandiq hosil boʻlishi va b. organik I.ga sabab boʻladi. Bosh miyadagi organik va funksional kasalliklar kortikal (serebral) I.ga olib keladi, bunda, asosan, ereksiya, eyakulyasiya va jinsiy mayl izdan chiqadi. Shikastlanish, surunkali yuqumli kasalliklar (zaxm, sil), intoksikatsiya (mishyak, alkogol va h. k.dan zaharlanish), moddalar almashinuvining buzilishi orqa miyadagi ereksiya va eyakulyasiya markazlariga zarar yetkazib, I.ga sabab boʻla oladi (spinali.), bunda ereksiya, eyakulyasiya susayadi. Jinsiy hayotga mukkadan ketish, jinsiy aloqani oxiriga yetkazmay toʻxtatish, onanizm bilan juda koʻp shugʻullanish, infeksion kasalliklar (soʻzak va b.) bilan bogʻliq boʻlgan surunkali yalligʻlanish jarayonlarida prostata bezi, uretra (siydik chiqarish kanali)ning orqa qismi va urugʻ doʻmboqchasidagi nerv oxirlari uzoq taʼsirlanishi neyroretseptor I.ga sabab boʻlishi mumkin. Moyaklarning endokrin funksiyasi buzilganda aksari jinsiy mayl susayadi, ereksiya boʻshashib va hatto butunlay yoʻqolib ketadi. Moyaklarning yoshga aloqador oʻzgarishlari, tugʻma kasalligi (yetilmaganligi, yevnuxoidizm) yoki hayot davrida orttirilgan kasalliklari (shikastlanishi, yalligʻlanishi), boshqa ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari)ning zararlanishi, moddalar almashinuvining buzilishi (avitaminoz, diabet va b.), markaziy nerv sistemasi kasalliklari ularning endokrin funksiyasini buzishi mumkin (endokrin I). Jinsiy aloqa chogʻida har ikki jins oʻrtasidagi nomunosib xatti-harakatlar (shunchaki yengil-yelpi, yuzaki jinsiy aloqa qilish) ham jinsiy zaiflikka olib keladi. I.ni urolog vrach davolaydi; baʼzan endokrinolog va psixiatr bilan maslahatlashish lozim. Baʼzi ayollarning jinsiy yaqinlikka befarq boʻlishi, erzadaligi (qarang Vaginizm) ham I.ga olib keladi. Bunday hollarda ginekolog vrach bilan maslahatlashish maʼqul. Psixoterapiya, organizmni mustahkamlovchi dorilar, gormonal preparatlar, vitaminlar, har xil tabiiy usullar va b. bilan davolash yaxshi naf beradi

Category

Show more

Comments - 13029