Duration 1:1

Oshirma xamirdan somsa

9 026 watched
0
66
Published 1 Aug 2020

Somsaning ushbu turini klassik deb atash qiyin, ammo bunday do’mboq, ishtahaochar, go’shtli somsalar barchaga manzur kelishi aniq. ⠀ Ayniqsa somsaning ashaddiy muhlislariga uni ushbu retsept bo’yicha tayyorlab ko’rishni maslahat beramiz. ⠀ Masalliqlar: XAMIRIGA 🔸 400 gramm un 🔸 230 millilitr iliq suv 🔸 1 choy qoshiq tuz 🔸 1 choy qoshiq shakar 🔸 10 gramm quruq xamirturush 🔸 90 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin ASOSIGA 🔸 300 gramm mol go'shti 🔸 150 gramm piyoz 🔸 ta'bga ko'ra tuz va murch 🔸 ta'bga ko'ra zira va kashnich 🔸 ustiga suritish uchun tuxum 🔸 ustiga sepish uchun kunjut ⠀ Qadam 1 Iliq suvga xamirturush, tuz, shakar va eritilgan margarin solamiz. ⠀ Qadam 2 Aralashtirib, un solamiz va xamir qoramiz. ⠀ Qadam 3 Xamirni issiq joyda 40-60 daqiqaga qoldiramiz. ⠀ Qadam 4 Asosini tayyorlaymiz. Mol go'shti va piyozni mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Tuz va ziravorlar sepib, yaxshilab aralashtiramiz. ⠀ Qadam 5 Oshgan xamirni og'irligi 60-65 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz. ⠀ Qadam 6 Xar bir bo'lakni diametri 0,3-0,5 sm keladigan doira shaklida yoyamiz. O'rtasiga 1,5 osh qoshiq asos solamiz. ⠀ Qadam 7 Chetlarini birlashtirib tugib, somsaga dumaloq yoki istalgan shakilni beramiz. ⠀ Qadam 8 Somsalarni gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtiramiz. Ustiga tuxum surtib, kunjut sepamiz. ⠀ Qadam 9 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz. ⠀ Yoqimli ishtaha! ⠀ Obuna bo'ling: @maselko ⠀ Reklama huquqi asosida ⠀ #zira #zirauzb #somsa #pazandachilik #pazanda #uyda_tayyorlaymiz #birga_tayyorlaymiz #biz_bilan_tayyorlang Yanada ko'proq retseptlar — https://zira.uz da Facebook: https://www.fb.com/zirauz Instagram: https://www.instagram.com/zirauz/ O'zbek tilidagi telegram: https://t.me/zirauzuz Rus tilidagi telegram: https://t.me/zirauz Telegramdagi guruh: https://t.me/zirauz_chat Tahririyat raqami: (+99899) 837−15−15 Reklama bo'limi raqami: (+99878) 148−14−15

Category

Show more

Comments - 7